date

O‘zbekiston va Turkmaniston savdosi $1 mlrdni oshdi


O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilda $1 milliarddan oshgani ma’lum qilindi. Bu raqam O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov o‘rtasidagi uchrashuvda e’lon qilindi.

Muzokaralarda sanoat, energetika va transport sohalarida samarali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv 17-noyabr kuni tor doirada bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlashini ta’kidlashdi. Shuningdek, ikki mamlakat rahbarlari hukumatlararo komissiya faoliyatini yuqori baholashdi.

Xiva shahrida uchinchi mintaqalar forumi o‘tkazilishi haqida kelishuvga erishildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Turkmaniston savdosi $1 mlrdni oshdi