date

UzNIF IPOga tayyorlanmoqda, NGMK esa sekinlashdi


Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, O‘zbekiston Milliy investitsiya fondi (UzNIF) 2026-yilning birinchi choragida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NGMK)ning IPOga tayyorgarligi sekinlashgan.

Bloomberg manbalari NGMK Londondagi birjada o‘z aksiyalarini 2025-yil oxirigacha joylashtirishi qiyin bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati NGMKning IPOga chiqishi davlat byudjetiga berayotgan katta dividendlarning qisqarishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

"Mirziyoyev IPOni amalga oshirish vaqti hamda zaruriyatiga oid yakuniy qarorni qabul qilishi kerak, ammo hozircha bu borada o‘z pozitsiyasini ma’lum qilmagan", — deb yozadi agentlik. NGMK matbuot xizmati IPOning aniq sanalari bo‘yicha izoh bermasligini ma’lum qilgan.

UzAssets investitsiya kompaniyasi esa NGMK IPOga tayyorgarlik ko‘rayotganini tasdiqlagan, biroq muddatlar haqida batafsil ma’lumot bermagan. Bundan tashqari, 2028-yilgacha Navoiyuran, Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports kompaniyalari aksiyalarini ham birjaga chiqarish rejalashtirilgan.

IPO jarayonida Franklin Templeton Asset Management kompaniyasi yordam ko‘rsatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » UzNIF IPOga tayyorlanmoqda, NGMK esa sekinlashdi