
O‘zbekiston hukumati yengil sanoat korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tartibini tasdiqladi. Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bu tartibga muvofiq korxonalar Maxsus qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ olishi mumkin.
Tadbirkorlarning xalqaro brendlarni jalb qilish va xodimlarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlari qoplanadi. Ajratilgan mablag‘lar treninglar uchun to‘lov, mutaxassislarning yo‘l xarajatlari va mehmonxonalarda yashash xarajatlarini ham qoplashga yo‘naltiriladi.
Ushbu mablag‘larni olish uchun tadbirkorlar Yengil sanoatni rivojlantirish agentligiga ariza va hujjatlar topshirishi kerak. Mablag‘ ajratish haqidagi qaror 7 ish kuni ichida qabul qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.