
1 noyabr holatiga ko'ra, banklardagi umumiy muammoli kreditlar hajmi 22,4 trillion so'mga yetdi. Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich bir oyda 5,1% ga oshgan.
Banklarning kredit portfeli esa 592,9 trillion so'mni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich oktyabr oyiga nisbatan 10,6 trillion so'mga oshgan.
Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat banklariga to'g'ri kelib, ularning umumiy hajmi 15,8 trillion so'mdan oshgan. Milliy bankda (NBU) muammoli kreditlar hajmi 4,2% ga oshib, 4,4 trillion so'mni tashkil etdi.
“Agrobank”da 2,9 trillion so'm, “O'zsanoatqurilishbank”da 2,2 trillion so'm, “Asaka Bank”da 1,9 trillion so'm va “Xalq Banki”da 1,1 trillion so'mlik muammoli kreditlar qayd etilgan. Shu bilan birga, xususiy banklarning kredit portfeli 3,7 trillion so'mga oshib, 191 trillion so'mga yetgan.
Xususiy banklarda muammoli qarzlar hajmi esa 6,5 trillion so'mgacha kamaygan. Xususiy banklar orasida eng katta muammoli kredit hajmi “Ipoteka-bank”ga to'g'ri kelib, bu ko'rsatkich 2,2 trillion so'mni tashkil etadi.
Keyingi o'rinlarda “Poytaxt Bank” – 58 milliard so'm, “Garant Bank” – 126 milliard so'm va “AVO Bank” – 66 milliard so'm bilan qayd etilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.