date

Solovyov Rossiya postsovet hududida SVO o‘tkazish kerakligi haqida gapirdi

Solovyov Rossiya postsovet hududida SVO o‘tkazish kerakligi haqida gapirdi

Rossiyalik mashhur propagandachi Vladimir Solovyov «Solovyov LIVE» mualliflik dasturi efirida chiqish qilib, Moskva Ukrainadan tashqari postsovet makonidagi boshqa davlatlarda ham «maxsus harbiy operatsiya» (SVO) o‘tkazishi mumkinligini ochiq-oydin tilga oldi. Ushbu bayonot MDH mamlakatlarida yana bir bor jiddiy xavotir uyg‘otdi.

Efir davomida Solovyov AQSHning Grenlandiya va Venesuelaga nisbatan pozitsiyasini misol qilib keltirdi. Uning ta’kidlashicha, Amerika xalqaro qoidalarni chetga surib, o‘z manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Propagandachi buni quyidagicha ifodaladi: go‘yoki AQSH «bu meniki» degan tamoyil bilan harakat qilmoqda va xalqaro kelishuvlarga e’tibor bermayapti.

«Dunyo o‘zi uchun aniq belgilab oldi. Amerika shunday demoqda: «Bu meniki va men barcha qonunlarga tupuraman. Yevropaning ertaklariga tupuraman, menga Grenlandiya kerak – uni olaman. Men barcha kelishuvlaringizga tupuraman, menga Venesuela kerak – uni olaman», – degan propagandachi.

Shundan so‘ng u Rossiya siyosati bilan parallel o‘tkazib, «ta’sir hududlari» mavzusini muhokama qildi. Solovyovning fikricha, hozir Moskva uchun Suriya yoki Venesueladan ko‘ra Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlari ancha muhim hisoblanadi. U ayniqsa Armanistonni yo‘qotish Rossiya uchun ulkan muammo bo‘lishini ta’kidladi.

«Biz o‘z pozitsiyalarimizni yo‘qotmasligimiz kerak. Ammo biz uchun eng asosiysi – o‘zimizga yaqin xorij mamlakatlari. Armanistondagi voqealar biz uchun Venesueladagi voqealardan ko‘ra ancha og‘riqli. Armanistondan ayrilish – biz uchun ulkan muammo.», – dedi propagandachi.

Propagandachi Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham alohida tilga olib, ushbu mintaqa Rossiya milliy xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘z maqsad va vazifalarini ochiq belgilab olishi, «o‘yinlar tugagani»ni oshkora e’lon qilishi kerak.

"Bizning Osiyo, O‘rta Osiyo, ular Markaziy Osiyo deb ataydigan mintaqadagi muammolar – Rossiya uchun ulkan muammo bo‘lishi mumkin. Va biz o‘z maqsad va vazifalarimizni juda aniq belgilab olishimiz kerak. Shuni ochiq aytish kerak: «O‘yinlar tugadi»", – dedi propagandachi.

Solovyov xalqaro huquq va xalqaro tartib masalasida ham keskin fikr bildirdi. U Ukrainada «SVO» boshlangan bo‘lsa, aynan shu mantiq asosida Rossiya o‘z ta’sir doirasi deb hisoblagan boshqa hududlarda ham shunday harakatlarni amalga oshirishi mumkinligini ilgari surdi. Shuningdek, u Rossiya milliy doktrinasini ochiq ifoda etish vaqti kelganini ta’kidladi.

«Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik. Agar milliy xavfsizligimiz uchun Ukraina hududida «SVO» (Rossiya rasmiylari Ukrainadagi urushni maxsus harbiy amaliyot deb ataydi) boshlashimiz kerak bo‘lgan bo‘lsa, nega aynan shu mantiqdan kelib chiqib, ta’sir doiramizning boshqa nuqtalarida ham «SVO» boshlay olmas ekanmiz?

Balki milliy doktrinamizni aniq ifodalab olish kerakdir? Va bizning ta’sir doiramiz qayerda ekanini ochiq aytishimiz lozim. Shunda hammasi oydinlashadi. Hammasi…», – degan propagandachi.», – dedi propagandachi.

Qayd etish joizki, Vladimir Solovyov Rossiyadagi eng agressiv propagandachilardan biri sifatida tanilgan. U avval ham keskin chiqishlari bilan MDH davlatlari jamoatchiligida katta noroziliklarga sabab bo‘lgan. Bu galgi bayonotlari esa O‘zbekiston va Qozog‘istonda ayniqsa salbiy munosabat bilan qarshi olinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Solovyov Rossiya postsovet hududida SVO o‘tkazish kerakligi haqida gapirdi