
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeBRR) "Ipak Yo'li banki"ga O'zbekistonda kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun $50 million kredit ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ajratilgan mablag'ning $15 millioni respublikada "yashil iqtisodiyot"ni qo'llab-quvvatlash — ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va korxonalarning energiya samaradorligini oshirishga yo'naltiriladi. Dastlabki mablag' HIPCA dasturi doirasida taqdim etiladi.
Ushbu dastur donor mamlakatlari orasida AQSh, Janubiy Koreya, Avstriya va Germaniya bor. Qolgan $35 million kichik va o'rta biznesni rivojlantirish uchun ajratiladi.
YeBRRga ko'ra, mablag'lar "Ipak Yo'li banki"ga so'mda taqdim etiladi. YeBRR ushbu kredit O'zbekiston iqtisodiyotini mustahkamlashga va aholiga yangi ish o'rinlarini yaratishga xizmat qilishini ta'kidladi.
2025 yil dekabr oyi boshiga kelib YeBRR O'zbekistonda 193 ta loyihani qo'llab-quvvatlash uchun jami $6,5 milliarddan ortiq mablag' yo'naltirgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.