date

Trampning Venesuela neftiga doir bayonoti ortidan AQSh neft kompaniyalari aksiyalari qimmatlashdi

Trampning Venesuela neftiga doir bayonoti ortidan AQSh neft kompaniyalari aksiyalari qimmatlashdi

Dushanba kuni AQShdagi yirik neft kompaniyalari aksiyalari ko‘tarildi. Bunga prezident Donald Trampning Venesuelaning neft zaxiralariga ehtimoliy kirish imkoniyati haqida aytgan gaplari fon bo‘ldi, deb yozadi Reuters. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Tramp Venesuela prezidenti qo‘lga olingan taqdirda, AQSh mamlakatdagi neft obyektlari ustidan nazorat o‘rnatishi mumkinligini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, amerikalik kompaniyalar sarmoya kiritib, infratuzilmani tiklashi va keyinchalik daromad ola boshlashi mumkin.

Venesuela dunyodagi eng katta neft zaxiralariga ega bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda noto‘g‘ri boshqaruv, investitsiya yetishmasligi va sanksiyalar sababli qazib olish keskin pasaygan.

Premarket savdolarida Venesuelada faoliyat yuritayotgan yagona yirik AQSh kompaniyasi bo‘lgan Chevron aksiyalari 7% ga oshdi. Shuningdek, Phillips 66, Marathon Petroleum, Valero Energy va PBF Energy qimmatli qog‘ozlari ham 5–16% oralig‘ida ko‘tarildi.

Umuman olganda, neft narxlari deyarli o‘zgarmadi. Bunga jahon bozorida taklif yuqoriligi ta’sir qilayotgani, Venesueladan yetkazib berish bo‘yicha vaziyat esa hanuz noaniq ekani qayd etildi.

Venesuela nefti og‘ir turga mansub bo‘lib, oltingugurt miqdori yuqori. Bu xususiyat uni dizel va boshqa og‘ir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay qiladi. Bunday xomashyoni AQShning Meksika qo‘ltig‘i bo‘yidagi, aynan shu turdagi neftni qayta ishlashga moslashtirilgan zavodlar oson qabul qila oladi.

Reutersga ko‘ra, sharoit o‘zgarsa, Chevron birinchi bo‘lib foyda ko‘rishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar qatorida turibdi. AQSh neftni qayta ishlash korxonalari esa “uyga yaqin” hududdan og‘ir neft hajmini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Trampning Venesuela neftiga doir bayonoti ortidan AQSh neft kompaniyalari aksiyalari qimmatlashdi