Nike Tech qanday qilib siyosiy voqea fonida trendga aylandi?

AQSh harbiylari tomonidan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olingani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Ushbu suratlarda Maduroning ustida bo‘lgan “Nike Tech Fleece” sport kiyimi kutilmaganda trendga aylandi.
Donald Tramp tomonidan Truth Social platformasida e’lon qilingan suratdan so‘ng, Google Trends ma’lumotlariga ko‘ra, atigi ikki kun — 4–5 yanvar oralig‘ida “Nike Tech”, “grey Nike Tech” va “Nike Tech tracksuit” kalit so‘zlariga bo‘lgan qiziqish keskin oshgan. Ayrim qidiruvlar bo‘yicha mashhurlik indeksi maksimal 100 ballga yetgan.
Natijada Nike’ning rasmiy saytida ushbu modelning bir nechta o‘lchamlari qisqa vaqt ichida sotilib ketdi. Xususan, Maduroning o‘zi kiygan 3XL o‘lcham taxminan bir soat ichida xarid qilib bo‘lingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘liq sport to‘plami — tolstovka va shim narxi 270 dollarni tashkil etadi. Ustki kiyim 145 dollar, jogger shim esa 125 dollardan sotilmoqda.
Kutilmagan siyosiy voqea sport kiyimlari bozorida ham o‘ziga xos “reklama effekti”ni yuzaga keltirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!