date

Xalqaro standartlarni joriy etgan agrar korxonalar 3,8 mlrd soʻm davlat ko'magini oldi

Xalqaro standartlarni joriy etgan agrar korxonalar 3,8 mlrd soʻm davlat ko'magini oldi

2025 yilda xalqaro standartlarni amaliyotga tatbiq etgan 48 ta agro va oziq-ovqat korxonasi davlat tomonidan jami 3,8 mlrd soʻm miqdorida qoʻllab-quvvatlandi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputatlari oldidagi chiqishida qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov maʼlum qildi.

Vazirning aytishicha, oʻtgan yil yakuniga ko'ra Oʻzbekistonda xalqaro sifat sertifikatlariga ega korxonalar soni 2 ming taga yetgan. 2022–2024 yillar oraligʻida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki baravar oshib, 76,5 trln soʻmdan 133 trln soʻmgacha ko'paygan. Shu davrda sabzavot va meva mahsulotlarini qayta ishlash koʻrsatkichi 2,5 baravar o'sgan.

Abdurahmonov 2025 yilda Oʻzbekiston agrar mahsulotlarini 95 ta davlatga yetkazib berganini ham taʼkidladi. Asosiy xaridorlar qatorida Rossiya, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Pokiston va Xitoy tilga olindi.

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish doirasida 2025–2026 yillarga jami 10,4 trln soʻmlik 673 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan. Hozirga qadar 429 ta yangi ishlab chiqarish ishga tushirilib, ularda 6,4 mingta ish o'rni yaratildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Xalqaro standartlarni joriy etgan agrar korxonalar 3,8 mlrd soʻm davlat ko'magini oldi