date

Markaziy bank: 2026 yilda Oʻzbekiston eksporti 16 foizgacha oshadi

Markaziy bank: 2026 yilda Oʻzbekiston eksporti 16 foizgacha oshadi

Markaziy bank hisobotiga koʻra, 2026 yilda Oʻzbekiston eksporti 2025 yilga nisbatan 14–16 foizga oshishi kutilmoqda. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Regulyator bunday ijobiy dinamika omillari sifatida respublikaning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lishi hamda hamkor mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish tezlashishini qayd etgan. Xususan, kelgusi yilda Xitoy YAIMi 4,2 foizga, Rossiya iqtisodiyoti 1 foizga, Qozog‘iston YAIMi esa 3,7 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi bozorga chiqaradigan xomashyo, jumladan oltin bo‘yicha jahon narxlari yuzasidan ijobiy kutilmalar saqlanmoqda. So‘nggi bir yil ichida global savdo siyosatidagi o‘zgarishlar va geosiyosiy noaniqlik fonida qimmatbaho metall qiymati qariyb 60 foizga oshib, troya unsiyasi 4 ming dollardan yuqori darajaga chiqqan. Markaziy bank bu o‘sish 2026 yilda ham davom etishini kutmoqda.

Regulyator bahosiga ko‘ra, kelgusi yilda mis va kumush narxlari ham barqaror o‘sish trendini saqlab qoladi. 2025 yil boshidan buyon mis narxi 64 foizga, kumush esa 21 foizga qimmatlashgan.

Prognozda eksportning asosiy drayverlari sifatida turizm, IT, transport hamda logistika sohalari tilga olingan. Shu bilan birga, import 2026 yilda 14–16 foizga ko‘payishi, pul o‘tkazmalari esa 12–15 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Markaziy bank Oʻzbekiston iqtisodiyotining real o‘sishi bo‘yicha ham baho berdi: 2026 yilda YAIMning real o‘sishi 5,5–6,5 foiz diapazonida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: 2026 yilda Oʻzbekiston eksporti 16 foizgacha oshadi