date

Gasillin Sane haqida u hech qachon to'purar bo'lmaganini aytdi

Gasillin Sane haqida u hech qachon to'purar bo'lmaganini aytdi

“Shalke-04”ning zaxira jamoasida o'ynagan Aleksey Gasillin sobiq jamoadoshi Leroy Sane haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Gasillin nemis klubida 2015–2016 yillarda to'p tepgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning so'zlariga ko'ra, Sane doim ham gollar bilan ajralib turadigan futbolchi bo'lmagan, ammo boshqa kuchli jihatlari hisobiga ajralib turgan: driblingi, tezligi va to'pni masofaga olib chiqib ketish qobiliyati yuqori bo'lgan. Gasillin Sane maydonda “birinchi krestlar”gacha juda zo'r yugurishini ham alohida ta'kidlab, uni aynan shu fazilatlari tufayli top klublarda o'ynayotgan fenomenal futbolchi deb atadi.

Joriy mavsumda 29 yoshli Sane Turkiyaning “Galatasaray” klubida to'p tepmoqda. U 24 uchrashuvda 6 ta gol urib, 7 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. Transfermarkt portali futbolchini 23 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gasillin Sane haqida u hech qachon to'purar bo'lmaganini aytdi