date

Marko Verratti faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin

Marko Verratti faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin

«Al-Duhail» yarim himoyachisi Marko Verratti kelasi mavsumdan Argentinada to‘p surishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Globo xabariga ko‘ra, italiyalik futbolchini «Boka Huniors» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Buenos-Ayres klubi Libertadores kubogidagi kurashni yanada kuchaytirish uchun markaziy chiziqni mustahkamlashni maqsad qilgan. «Boka Huniors» rahbariyati futbolchining vakillari bilan muntazam aloqada bo‘lib, o‘yinchining shartlari va talablarini aniqlashtirmoqda.

Verratti 2025 yil yozida erkin agent sifatida «Al-Arabi»dan «Al-Duhail»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Transfermarkt portali Markoning bozor qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marko Verratti faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin