7 yanvarda dollar kursi 16 so'mga oshib 11 968 so'mdan yuqori bo'ldi

7 yanvar uchun belgilangan rasmiy kursga ko'ra, AQSh dollari 16,35 so'mga qimmatlab 11 968,59 so'mni tashkil etdi. Yevropa valyutasi ham sezilarli o'sib, 56,21 so'm qo'shilishi ortidan 14 020,01 so'mga yetdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Shu bilan birga, Rossiya rubli rasmiy kursda 0,07 so'mga arzonlab 147,74 so'm bo'ldi.
Soat 18:30 da (Toshkent vaqti bilan) tijorat banklarida dollar kursi 11 970 so'mdan boshlanib 11 990 so'mgacha yetdi. Yevro esa 13 750–13 980 so'm oralig'ida taklif qilinmoqda. Rublni sotib olish 139 so'm, sotish esa 148 so'm etib belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing