date

Oʻzbekistonda inflyatsion kutilmalar 11,5% atrofida toʻxtadi

Oʻzbekistonda inflyatsion kutilmalar 11,5% atrofida toʻxtadi

Dekabr oyida Oʻzbekiston aholisining yaqin 12 oy uchun inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 11,5% darajasida o‘zgarishsiz qoldi. Biznes vakillarida esa bu ko‘rsatkich 11,1% gacha ko‘tarildi. Bu raqamlar Markaziy bankning 2026 yil oxiriga mo‘ljallangan inflyatsiya prognozi — taxminan 6,5% —dan ancha yuqori. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Markaziy bank o‘tkazgan so‘rovlarga ko‘ra, bu uzoq vaqtdan beri ilk bor kutilmalar pasayishdan to‘xtagan oy bo‘ldi: aholi orasida kutilmalar ketma-ket yetti oy davomida tushib kelgan, biznesda esa to‘rt oy davomida pasaygan edi.

Kutilmalardagi xavotirlar kuchayishida asosiy omil sifatida kommunal xizmatlar narxining oshishi tilga olingan. Ushbu bandni so‘rovda qatnashgan fuqarolarning 50%i, tadbirkorlarning 46%i ko‘rsatgan.

Aholi orasida yoqilg‘i va energiya narxlari bo‘yicha xavotir keskin oshib, 47% ga yetdi. Shuningdek, transport xarajatlari qimmatlashishi haqidagi kutishlar 29% ni tashkil etdi.

Tadbirkorlar orasida ham transport xarajatlari oshishi (37%), yoqilg‘i va energiya resurslari narxining ko‘tarilishi (45%) bo‘yicha kutilmalar kuchaydi. Bundan tashqari, soliq yuklamasi hamda ish haqi xarajatlari o‘sishi haqidagi xavotirlar ham ko‘paygan.

Eng yuqori inflyatsion kutilmalar yana Toshkentda qayd etildi: poytaxt aholisi inflyatsiyani 13,5% darajasida kutmoqda, biznes esa 12,2% ni prognoz qilgan. Eng past kutilmalar Samarqand viloyatida — 9,7%.

Ijtimoiy guruhlar kesimida eng pessimist kayfiyat pensionerlarda kuzatilib, ularning kutilmalari 12,9% ga teng bo‘lgan. Eng past ko‘rsatkich talabalar orasida qayd etilib, 9,5% ni tashkil qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda inflyatsion kutilmalar 11,5% atrofida toʻxtadi