Ryudiger Xabi Alonso bilan ishlagani yoqimli bo'lganini aytdi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, Xabi Alonsoning jamoa bosh murabbiyligidan ketishiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nemis futbolchisi murabbiyga minnatdorlik bildirib, “Hamma narsa uchun rahmat, Xabi Alonso. Siz bilan ishlash yoqimli bo'ldi. Kelajakda omad tilayman!” deya yozdi.
2025/2026 yilgi mavsumda 32 yoshli Ryudiger “Real” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist bilan ajralib turmadi. Qayd etilishicha, himoyachining madridliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
“Real”ning yangi bosh murabbiyi etib Alvaro Arbeloa tayinlandi. Jamoa 14 yanvar kuni Ispaniya Kubogi 1/8 finalida “Albasete”ga qarshi o'ynaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing