Katar 2028 yilgi ayollar Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda

Katar 2028 yilgi ayollar Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda

Rasmiy bayonot hali yangramagan bo'lsa-da, so'nggi xabarlarga ko'ra, Katar 2028 yilda ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatini qabul qilishga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Mamlakat futbol rahbariyati FIFA bilan tegishli masalalar yuzasidan brifinglar o'tkazishni boshlab yuborgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turnirning taxminiy muddatlari esa allaqachon ma'lum: musobaqa 5 yanvardan 30 yanvargacha o'tkazilishi ko'zda tutilmoqda.

Katar tomoni reja amalga oshishiga ishonchi baland: bunga bir tomondan yaqinda olingan katta tajriba va ma'lum infratuzilma zaxirasi, ikkinchi tomondan esa FIFA doirasidagi siyosiy aloqalar yordam berishi ta'kidlanmoqda. Shu bilan birga, barcha obyektlar tayyor emas — masalan, dengiz konteynerlaridan yig'ilgan stadion kabi inshootlarni yana qaytadan barpo etishga to'g'ri kelishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar