date

Barselona ketma-ket o‘ninchi g‘alabasini ham qo‘lga kiritdi

Barselona ketma-ket o‘ninchi g‘alabasini ham qo‘lga kiritdi

Kataloniyaning “Barselona”si Ispaniya Superkubogi finalida Madridning “Real” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi va barcha musobaqalarda ajoyib seriyasini davom ettirdi — bu katalonlar uchun ketma-ket 10-g‘alaba bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘tgan yil 25 noyabr kuni “Chelsi” katalonlarni yirik hisobda yenggandi. O‘sha bahsda Ronald Arauxo maydondan chetlatilgandi va bu uning so‘nggi uchrashuvi bo‘lib qolgan. Shundan keyin “Barselona” o‘zini qo‘lga olib, oradan bir yarim oy o‘tguncha o‘tkazgan 10 ta o‘yinning barchasida zafar quchdi.

Ushbu seriya tarkibida Chempionlar ligasida bitta o‘yin, Ispaniya Kubogida bitta uchrashuv, Superkubokda ikki bahs va qolganlari chempionat doirasidagi bellashuvlar bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona ketma-ket o‘ninchi g‘alabasini ham qo‘lga kiritdi