Shtefan Kuns Gamburgdagi lavozimini janjal ortidan tark etdi

Shtefan Kuns Gamburgdagi lavozimini janjal ortidan tark etdi

Yanvar boshida Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Shtefan Kuns «Gamburg» klubida sport direktori lavozimidan ketganini eʼlon qilgandi. U buni «shaxsiy xarakterdagi muammolar» bilan izohlagan, biroq endi bu bayonot ortida nima turgani maʼlum bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Maʼlumotlarga ko'ra, vaziyat bir necha yil avval «Ayaks»da Mark Overmars bilan bog'liq mojaroning ssenariysini eslatadi. «Gamburg»ning ikki xodimasi 63 yoshli Kuns tomonidan noo'rin xatti-harakatlar bo'lgani yuzasidan shikoyat qilgan va Germaniyada bunday daʼvolar jiddiy ko'rib chiqilgani sababli, yakun Kuns uchun jazolanish bilan tugagan.

Klub ichida ichki tekshiruv o'tkazilgani taʼkidlanmoqda. Kuns esa ayblovlarni rad etib, o'zini aybsiz deb hisoblayapti va zarur bo'lsa, obro'sini sudda himoya qilishga tayyorligini bildirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar