date

Maykl Karrix shtabiga Darren Fletcher ham qo‘shilishi kutilmoqda

Maykl Karrix shtabiga Darren Fletcher ham qo‘shilishi kutilmoqda

Insayderlar, jumladan Fabritsio Romano, 2025/2026 yilgi mavsum yakunigacha «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrix bo‘lishini ta’kidlamoqda. «Qizil iblislar» yaqin kunlarda Karrix bo‘yicha rasmiy bayonot berishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

UnitedMuppetiers xabariga ko‘ra, Karrix murabbiylar shtabiga Darren Fletcher ham kiritilishi kerak.

«Manchester Yunayted» Ruben Amorim bilan xayrlashganidan so‘ng, Fletcher bir necha uchrashuvda jamoani vaqtincha boshqarib turgan edi. O‘sha o‘yinlarda mankunianlar APLda «Byornli» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi, Angliya kubogida esa «Brayton»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maykl Karrix shtabiga Darren Fletcher ham qo‘shilishi kutilmoqda