Kremoneze murabbiyi birinchi goldan keyin asabiylashganini aytdi

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida «Kremoneze» safarda «Yuventus»ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv davomida jamoa bosh murabbiyi Davide Nikola hakam qarorlariga juda keskin e’tiroz bildirgani uchun birinchi bo‘limning o‘zidayoq maydondan chetlatildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Nikola final hushtagi chalinganidan keyin ham hissiyotlarini jilovlay olmadi va o‘yin bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi. «Men odatda shikoyat qilishni yoqtirmayman, haqiqatdan ham biz unchalik yaxshi ko‘rinmadik. Ammo darvozamizga penalti belgilangan paytda asablar chidamadi. To‘g‘risi, birinchi goldan keyin ham allaqachon hayajon boshlangan edi. Endi oldinga qarash va bu bahsni ortda qoldirish kerak», — deya Nikola so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
«Kremoneze» A Seriyasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!