3 125
Markaziy banki raisi: "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri tayyor

Qozog‘iston moliyachilarining VIII kongressida O‘zbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmurodov O‘zbekistonda "Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi" qonunning yangi tahriri tayyor ekanligini ma’lum qildi, deya xabar beradi "Turon24" AA.
"Tayyor bo‘lgan qonun loyihasini biz xalqaro moliyaviy institutlar – Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa tashkilotlarga taqdim etdik. Bundan ko‘zlangan maqsad, mazkur tashkilotlar tomonidan yangi tahrirdagi qonun loyihasi bo‘yicha fikrlarini bilishdir”, – deydi Markaziy bank raisi.
Nurmurodov keyingi yilning birinchi yarim yilligida bank faoliyati bilan bog‘liq uchta – "Markaziy bank to‘g‘risida", "Bank ishi to‘g‘risida" va "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunlar qabul qilinishi haqida ham ta’kidlab o‘tdi.
"Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahririni ishlab chiqish haqida 2018 yil uchun Davlat dasturida aytib o‘tilgandi. Loyiha joriy yilning 30 sentyabriga qadar ishlab chiqilishi belgilangandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

So‘mning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi

Valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Markaziy bank raisi: «Banklardan chet el valyutasini naqd olish muammo bo‘lmasligi kerak»

Markaziy bank naqd chet el valyutasi savdosi bo‘yicha ma’lumot berdi

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi

«Universal bank»ka xorijiy valyutalarda operasiyalarni o‘tkazishga lisenziya berildi