O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 12,95 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8325,59 so‘mni tashkil etgan.
1 yevro kursi 42.72 so‘mga arzonlab, 1 yevro 9413.74 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 Rossiya rubli 0.52 so‘mga tushdi va 124.70 so‘mni tashkil qildi
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi avgust oyi boshida 7783 so‘mgacha tushgandi. Kurs sentyabr oyidan yana o‘sa boshladi, sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashib, bir haftada 176,83 so‘mga o‘sdi va 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.
Shundan so‘ng rasmiy kurs 18 hafta davomida muntazam ko‘tarildi va o‘tgan haftada 8300 so‘mlik nuqtadan o‘tgan, lekin dekabr oyi boshiga kelib, ilk marta pasaygandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi