Jaloliddin Ahmadaliyevning konsert chiptalari nega qimmat?

1 daqiqa o'qish11K
Jaloliddin Ahmadaliyevning konsert chiptalari nega qimmat?

Oʻzbek estradasi vakili Jaloliddin Axmadaliyev konsert chiptalari nega qimmatligi haqida koʻpchilikni qiziqtirayotgan savolga ochiqcha javob berdi.

Xonandaning aytishicha, u bu savolni juda koʻp eshitgan va hatto bu haqda gapirishdan charchaganini ham yashirmadi. Uning taʼkidlashicha, koʻpchilik “chiptalaring juda qimmat” deb gapirishadi, ammo aslida bu masalada u toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etmaydi.

Xonanda shunday deydi: konsertlarni tashkil etuvchi tashkilotlar u bilan 5 yilgacha shartnoma imzolaydi. Aynan shu tashkilotchilar maxsus reja va grafik asosida chipta narxlarini belgilaydi va ularni kassalarga, onlayn platformalarga joylashtiradi. Bu jarayonda xonandaning narxlarga daxli yoʻq.

U oʻz soʻzlarida konsert jarayonini toʻyga qiyoslab, faqat chiqish qilib ketishini taʼkidladi. Yaʼni, u tadbirga kelib, 2–3 soat davomida jonli ijro qiladi va shundan soʻng ketadi.

Shuningdek, dekoratsiya, sahna bezaklari va boshqa tashkiliy masalalar uning nomidan boʻlishini aytdi. Xonanda faqat oʻz jamoasi — sozandalari bilan kelib, chiqish qilib, yana qaytib ketishini qoʻshimcha qildi.

Shu tariqa, Jaloliddin Axmadaliyev konsert chiptalari narxiga shaxsan aloqasi yoʻqligini yana bir bor taʼkidladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?