Xonanda Mustafo "Qirolicham" qoʻshigʻi bilan bir kunda qancha uyga kirgani haqida soʻzlab berdi

Oʻzbek shou-biznes vakili Mustafo “Qirolicham” qoʻshigʻi orqali qanchalik talab yuqori boʻlgani haqida qiziqarli xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.
Xonandaga jurnalistlar tomonidan aynan shu “Qirolicham” qoʻshigʻi bilan bir kunda eng koʻp nechta xizmat yoki tadbirga taklif qilingani haqida savol berilgan. Uning aytishicha, soʻnggi 3–4 yil davomida aynan shu qoʻshiq sabab turli toʻy va tadbirlarga chaqiruvlar ancha koʻpaygan.
Xonanda shunday deydi: bir kuni, ayniqsa 8 mart bayrami arafasida juda qattiq charchaganini eslaydi. Uning taʼkidlashicha, aynan shu “Qirolicham” qoʻshigʻi bilan bir kunda 15–16 taga yaqin tadbirda ishtirok etgan.
Aytishicha, ertalab soat 9 dan boshlab turli tashkilotlarda chiqish qilgan. Ayrim joylarda vaqt yetishmasligi sabab tadbirlar vaqti oʻzgartirilgan: masalan, 9 da boʻlishi kerak boʻlgan tadbir 10 ga koʻchirilgan. Keyin yana boshqa joylardan takliflar tushib, soat 11 va 12 larda ham chiqishlar davom etgan.
Shu tarzda, bir kun davomida ketma-ket tadbirlarda qatnashgan xonanda bu holat uni ancha charchatganini ochiq aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, ayniqsa ayollar jamoalari ishlaydigan joylardan takliflar koʻp boʻlgan va ular ushbu qoʻshiqni jonli ijroda eshitishni xohlashgan.
Mazkur holat “Qirolicham” qoʻshigʻining qisqa vaqt ichida qanchalik ommalashganini yana bir bor tasdiqlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!