Eron Trampning UNO haziliga kinoyali javob qaytardi

Eron, AQSh prezidenti Donald Trampning UNO o'yini orqali qilgan haziliga javob berdi. Tramp o'z postida "men da barcha kartalar bor" deb yozgan bo'lsa-da, UNO qoidalariga ko'ra, ko'p karta saqlovchi o'yinchi ютқазишga yaqin bo'ladi. Eron esa qisqa izohda "Ha, bizda kamroq karta bor" deb javob qaytardi, bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Siyosiy kuzatuvchilar bunday hazil va simbolik bayonotlar ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yumshatishdan ko'ra, raqobatni kuchaytirishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqdagi chiqishi bilan yana bir bor eʼtibor markazida qoldi. U oʻzining Truth Social sahifasida UNO oʻyiniga ishora qilib, Eronni kinoyali tarzda masxara qilishga uringan.
Tramp postida “menda barcha kartalar bor” degan mazmundagi iborani ishlatgan. U bu orqali siyosiy vaziyatda ustunlikni anglatishga harakat qilgan. Biroq UNO oʻyini qoidalariga koʻra, qoʻlida koʻp karta qolgan oʻyinchi aksincha yutqazishga yaqin boʻladi — bu esa postning mazmuniga boshqacha talqin bergan.
Shundan soʻng Eron tomoni ham bu hazilga javob qaytardi. Qisqa, ammo kinoyali izohda “Ha, bizda kamroq karta bor” degan mazmunda fikr bildirilgan. Bu javob ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻldi.
Siyosiy kuzatuvchilarga koʻra, bu kabi simvolik va hazilomuz bayonotlar ikki davlat oʻrtasidagi keskin munosabatlarni yumshatishdan koʻra, aksincha, raqobat ruhini yanada kuchaytirishi mumkin.






























Izohlar 0
…