Xitoyning 1400 ot kuchiga ega Zeekr 8X krossoveri Ferrari Purosangue'ni quvib o'tdi

Britaniyaning CarWow nashri o'tkazgan sinovlarda Yaoning versiyasidagi Zeekr 8X krossoveri eng yaxshi natijani qayd etdi. Avtomobil chorak mil masofani 10,6 soniyada bosib o'tib, Ferrari Purosangue modelini ham ortda qoldirdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Taqqoslash uchun, Italiya krossoveri bu masofani 11,6 soniyada bosib o'tgan. BMW X5M 12,2 soniya, Land Rover Defender Octa esa 13,1 soniya natija ko'rsatdi.
Ushbu muvaffaqiyatning asosiy omili kuchli gibrid tizim hisoblanadi. Ikki litrli ichki yonuv dvigateli uchta elektr motor bilan birgalikda ishlab, umumiy 1401 ot kuchini taqdim etadi.
Bu avtomobilga 200 km/soat tezlikka atigi 9,85 soniyada erishish imkonini beradi.
Krossoverning og'irligi 2820 kilogrammni tashkil etib, ro'yxatdagi eng og'ir mashina hisoblanadi. Biroq u narx jihatidan eng arzoni bo'lib, 54 300 funt sterling turadi.
Ferrari esa Zeekr modelidan qariyb olti barobar qimmatroq baholanadi.
[media=https://cdn.embedly.com/widgets/media.html?src=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fembed%2Fz5n4t1IsHew%3Ffeature%3Doembed&display_name=YouTube&url=https%3A%2F%2Fwww.youtube.com%2Fwatch%3Fv%3Dz5n4t1IsHew&image=https%3A%2F%2Fi.ytimg.com%2Fvi%2Fz5n4t1IsHew%2Fhqdefault.jpg&type=text%2Fhtml&schema=youtube] “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!