19:07 / 12.11.2021
5 863

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 2022 yilda qanchaga oshirilishi ma’lum bo‘ldi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 2022 yilda qanchaga oshirilishi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonning «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun budjetnoma bo‘yicha Hisob palatasining xulosasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022 yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilishi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,4 foizdan 0,5 foizga o‘zgartirilishi kutilmoqda. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari 10 foizga oshishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, soliq solish maqsadida binolar bo‘yicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kvadrat metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi joriy etilmoqda. Bunda Toshkent shahrida — 2,5 million so‘m, Nukus shahri va viloyat markazlarida — 1,5 million so‘m va qolgan hududlarda — 1 million so‘m etib belgilanmoqda.

Ushbu soliq turi bo‘yicha 2021 yilda 2,548 trillion so‘m (YAIMga nisbatan 0,4 foiz) tushum kutilayotgani hisob-kitob qilinib, tasdiqlangan 2,51 trillion so‘mlik prognozga nisbatan 38 milliard so‘m ko‘p mablag‘ tushishi kutilmoqda.

Budjetnomaga muvofiq mol-mulk solig‘i bo‘yicha 2022 yil uchun 2021 yilda kutilayotgan tushumga nisbatan 9,5 foiz o‘sish bilan 2,792 trillion (YAIMga nisbatan 0,33 foiz) tushum prognoz qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i 2022 yilda qanchaga oshirilishi ma’lum bo‘ldi