1 692
Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’siri haqida tahlilchilar fikri
O‘zbekiston iqtisodiyoti Ukraina urushi va Rossiyaga qarshi qo‘llangan sanksiyalar oqibatida yuzaga kelgan inqirozni MDX davlatlari o‘rtasida kamroq ziyon bilan yengib o‘tadi. Bu haqda Renaissance Capital tahliliy kompaniyasining «Daryo»ga taqdim etilgan hisobotda qayd etildi.
O‘zbekiston geosiyosiy jihatdan olib qaralganda urushdan uzoqda bo‘lib, ko‘rilgan ziyon eksport, oltin va investitsiyalar orqali qoplanadi, deydi tahlilchilar.
Mamlakat iqtisodiyotining eng zaif tomonlari sifatida Rossiyadan pul o‘tkazmalarining qisqarishi va import tovarlar narxining oshishi ko‘rsatilgan.
Qisqa muddatda bu so‘mning yana 5-7 foizga qadrsizlanishiga, YAIM o‘sishining 4-5 foizgacha sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
O‘rta muddatda esa O‘zbekiston iqtisodiyoti islohotlar, kuchli demografiya va zaxiralar hisobiga barqaror holatni saqlab turadi, deydi tahlilchilar.
Masalan, ichki bozor Rossiyadan qaytgan mehnat migrantlarini qabul qilishga yaxshi tayyorlangan. Bu so‘ngi yillarda tadbirkorlikni diversifikatsiya va qo‘llab-quvvatlash uchun qilingan ishlar bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda oliygohlarga o‘qishga kirganlar soni sezilarli ravishda – 9 foizdan 25 foizga o‘sdi. Bu esa ish o‘rinlarini sifatini oshirib, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Narxlar ko‘tariladi, ammo ularning o‘sishi fojiali bo‘lmaydi. Bu O‘zbekiston o‘z-o‘zini asosiy mahsulotlar bilan ta’minlashi, import esa YAIMning bor-yo‘g‘i 33 foiziga to‘g‘ri kelishi bilan izohlanadi.
2022 yilda inflyatsiya 12-14 foizni tashkil qilishi, 2023 yilda 7-9 foizgacha pasayishi kutilmoqda.
Rossiyaning G‘arb kompaniyalari mahsulotlaridan ayrilib qolgani O‘zbekiston kompaniyalari uchun potensial imkoniyatlarni yaratib beradi, deb hisoblaydi tahlilchilar.
Bu nafaqat oziq-ovqat mahsulotlariga, balki avtomobillarga ham tegishli. G‘arb brendlari Rossiyadan chiqib ketar ekan, UzAuto Motors yetkazib berish hajmini ko‘paytirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
O‘zbekistonning inqiroz davridagi yana bir kuchli «sherigi» – oltin. U o‘tgan yillar inqirozni kichik zarar bilan yengib o‘tishga imkon bergan va hozir ham shu narsa takrorlanishi kutilmoqda.
Renaissance Capital’da ta’kidlashlaricha, oltinning narxlari ko‘tarilishi fonida O‘zbekiston bu qimmatbaho metall eksportini 1-2 mlrd dollarga oshiradi.
Mamlakatning tashqi qarzi jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgan bo‘lsa ham, u xavfsiz darajada qolib bormoqda – YAIMning, taxminan, 42 foizini tashkil etadi. Bu bozordagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past, deydi tahlilchilar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi