
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasi mag‘lubiyatidan so‘ng matbuot anjumanida fikr bildirdi. U 26-oktabr kuni “Aston Villa” maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng o‘z munosabatini bayon qildi.
Euro-football.ru yozishicha, Gvardiola jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatganini ta’kidladi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, “Manchester Siti” uchrashuvni yaxshi boshlagan va ikkinchi bo‘limda yanada faol harakat qilgan.
Biroq, jamoa gol ura olmadi va bu o‘yindan tegishli xulosalar chiqarilishi aytildi. Gvardiola mavsum hali oldinda ekanini eslatdi.
Eslatib o‘tamiz, “Aston Villa” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yin 1:0 hisobi bilan mezbonlar foydasiga yakunlandi. Hozirda “Manchester Siti” hisobida 16 ochko bor va jamoa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar