date

Real Madrid tarixidagi El-Klasikolarning eng yaxshi to‘purarlar

Real Madrid tarixidagi El-Klasikolarning eng yaxshi to‘purarlar
“Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi mashhur “El-Klasiko” bahslari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar nomi e’lon qilindi. Ro‘yxatning birinchi o‘rnini klub afsonalari — Alfredo Di Stefano va Krishtianu Ronaldu egallagan. Ular raqib darvozasiga 18 tadan gol urgan.

Ulardan keyingi o‘rinda 16 gol bilan Karim Benzema turadi. Raul Gonsales 15 marta “Barselona” darvozasini ishg‘ol qilgan. Fransisko Xento va Ferents Pushkash esa 14 tadan gol bilan keyingi o‘rinda.

Santilyana esa “Real” tarixidagi boshqa buyuk to‘purarlar qatoriga kirib, “El-Klasiko”larda 12 marta gol urgan.

Bu raqamlar “Real Madrid” safidagi buyuk futbolchilarning nafaqat mahoratini, balki klub sha’nini himoya qilishdagi katta hissasini ham ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real Madrid tarixidagi El-Klasikolarning eng yaxshi to‘purarlar