
Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan eng kutilgan bahs — “El-Klasiko” jangidek kechdi. Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan “Real Madrid” hamda “Barselona” uchrashuvi muxlislar xotirasida uzoq saqlanadigan shiddatli o‘yin bo‘ldi.
Bellashuvni faol boshlagan “qirollik klubi” ilk daqiqalardanoq tashabbusni qo‘lga oldi. 22-daqiqada yangi yulduz Kilian Mbappe o‘z mahoratni yana bir bor namoyon etib, darvoza to‘riga to‘pni yo‘lladi va hisobni ochdi. Uning zarbasi “Barselona” himoyachilari uchun kutilmagan bo‘ldi.
Biroq kataloniyaliklar ham javobsiz qolmadi. 38-daqiqada Fermin Lopes aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 1:1. Bu gol “Barsa”ga kuch bag‘ishladi va o‘yin yanada qizidi. Ammo shunday damda Jud Bellingemning 43-daqiqadagi mahoratli zarbasi madridliklarga birinchi bo‘limni g‘alaba bilan yakunlash imkonini berdi.
Ikkinchi taym ham dramatik voqealarga boy bo‘ldi. 52-daqiqada “Real” penalti ishlab oldi — Mbappe ikkinchi golini urish imkoniga ega bo‘ldi, ammo “Barsa” darvozaboni Voysex Shesni ajoyib sakrash bilan zarbani qaytardi. Bu lahza “El-Klasiko”ning eng qiziq epizodlaridan biri bo‘ldi.
O‘yinning so‘nggi qismida his-hayajon yana avjiga chiqdi. “Barselona” yarim himoyachisi Pedri qo‘pol harakat qilib, Tchumeniga qarshi qo‘pol fol ishlatdi va ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Katalon klubi o‘yinni 10 kishi bilan yakunladi.
Uchrashuv yakunlanganda tabloda — 2:1. Bu g‘alaba “Real Madrid”ga ochkolarini 27 taga yetkazib olish imkonini berdi va madridliklar turnir jadvalida peshqadamlikni yanada mustahkamladi. “Barselona” esa mag‘lubiyat orqali o‘z mavqeini yo‘qotdi va ikkinchi o‘rin uchun kurashda orqada qoldi.
«Real Madrid» — «Barselona» 2:1
Gollar: Mbappe (22’, assist Bellingem), Fermin Lopes (38’, assist Reshford), Bellingem (43’, assist Militao)
«Real» tarkibi: Kurtua, Valverde, Militao, Xeysen, Karreras, Chuameni, Kamavinga, Gyuler, Bellingem, Vinisius, Mbappe.
«Barselona» tarkibi: Shensni, Kunde, Erik Garsiya, Kubarsi, Balde, de Yong, Pedri, Fermin, Yamal, Reshford, Ferran.
Almashinuvlar: Diaz – Gyuler (66’), Karvaxal – Valverde (72’), Rodrigo – Vinisius (72’), Arauxo – Erik Garsiya (74’), Kasado – Ferran (74’), Bardji – Kubarsi (84’), Garsiya – Bellingem (90’), Sebalos – Mbappe (90’), Martin – Balde (90+7’)
Ogohlantirishlar: Valverde (23’), Pedri (42’, 90+10’), Xuysen (57’), Lopez (90+9’)
Bellashuvdan so‘ng madridlik muxlislar “Bernabeu”ni triumf muhitida tark etishdi — Mbappe va Bellingemning gollari “Real” uchun nafaqat g‘alaba, balki chempionlik yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!