Foto: AP
Hozirgi kunda dunyoda notinchlik hukm surayotgan bir vaqtda yaxlit millat va xalq sifatida birlashib, yagona maqsad sari intilish o‘rniga, provokatsiya uyushtirib, noqonuniy harakatlarni sodir etmoqchi bo‘lgan bir guruh shaxslarning chaqiriqlariga, ertaklariga laqqa tushmasligimiz lozim. Bularning ko‘pchiligi moddiy manfaat uchun vatanini, xalqini ham sotib yuboradigan noinsoflardir.
Mamlakatimizning rivojlanishini ko‘rolmaydigan ba’zi bir tashqi kuchlar bu vaziyatdan ustomonlik bilan foydalanish niyatida emasligiga kim kafolat bera oladi?
Bunday noqonuniy harakatlar va usullarni har tomonlama o‘ylaganda ham hech qachon oqlab bo‘lmaydi. Negaki, bunday ijtimoiy faollikni tashkil qilishning o‘ziga xos tartibi, qoidasi bor. Birinchi navbatda xalqning, mamlakatning xavfsizligi barchamiz uchun ustuvor ahamiyat kasb etishi kerak. Davlat rahbarining Qoraqalpog‘istonda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvdagi gapi meni juda ta’sirlantirdi, ya’ni tegishli rahbarlarga qoraqalpoq elini asrashni so‘rab, “Hayotimni tikkanman bu masalaga” dedilar. Bu gapning zamirida juda katta mazmun va mohiyat, azm-u shijoat yotibdi, desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Shu nuqtai nazardan ham Prezident farmoni bilan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etildi. Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, aholining, mamlakatning tinchligi va osoyishtaligini o‘ylagan holda qabul qilingan zaruriy hamda haqli qaror bo‘ldi, desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Bunday tartibbuzarliklarni Belarus, Qozog‘iston kabi davlatlar tajribasida ham kuzatgan edik. O‘shanda ham o‘nlab aholi mazkur jarayonlar qurboni bo‘lgan edilar. Bu, albatta, ushbu jirkanch qabihliklarga qarshi kurashishda xalqni, davlatni yanada jipslashtiradi, bitta maqsad sari yetaklaydi.
Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda, separatizmga, ommaviy tartibsizliklarga da’vat etadigan har qanday harakatlarga qonunchilikka muvofiq keskin chora ko‘rilishi, aybdorlar jazoga tortilishini aytib o‘tdilar. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimining brifingda bergan ma’lumotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi voqealar paytida, eng achinarlisi og‘ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan.
Bir qancha jinoyatchilar tomonidan sodir etilgan ushbu holat, albatta, jazoning muqarrarligi prinsipiga tayangan holda javobgarlikka tortilishi lozim. Qonunchiligimizga e’tibor beradigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarida bunday xatti-harakatlar uchun javobgarlik aniq qilib belgilangan.
Misol tariqasida, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning quyidagi moddalari bevosita mazkur ommaviy tartibbuzarliklarga huquqiy baho beradigan moddalardir. Xususan, 195-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish; 1951-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish; 202-modda. Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish; 2022-modda. Yolg‘on axborot tarqatish; 204-modda. Favqulodda holat tartibining talablarini buzish va boshqa moddalar shular jumlasidadir. Mazkur moddalarda, ko‘p miqdordagi jarima hamda ma’muriy qamoq jazolari belgilangan. Oxirgi berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Nukusdagi mazkur tartibbuzarliklar sababli 516 kishi ushlangan, hozirda ularning ko‘pchiligi qo‘yib yuborilgan.
Endi bevosita, Jinoyat kodeksiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, mazkur harakatlar uchun quyidagi moddalardagi javobgarlik masalalari qo‘llanilishi mumkin. Misol tariqasida, 159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish; 217-modda. yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish; 244-modda. Ommaviy tartibsizliklar; 2441-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish; 104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish; 105 - modda. Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish; 110-modda. Qiynash kabilarni keltirish mumkin.
Hozirda tegishli vakolatli idora xodimlari tomonidan surishtiruv, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu ko‘plab harakatlarni huquqiy baholaydigan jarayondir. Shu nuqtai nazardan ham kunlik brifingda berilayotgan ma’lumotlarda asosida yangi surishtiruv va tergov harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarni kuzatib boramiz. Birgina Jinoyat kodeksining 159-moddasi, to‘rtinchi qismida o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilab qo‘yilgan.
Darhaqiqat, bunday noqonuniy harakatlarga bosh qo‘shgan tashkilotchi hamda bajaruvchilarni qilgan ishlari uchun ayamaslik kerak. Jazoning muqarrarligi prinsipi amalda o‘z isbotini topishi lozim. Mamlakatimiz taraqqiyoti, yoshlarimiz kelajagini asrab-avaylash o‘z qo‘limizda ekanligini hech qachon yoddan chiqarmasligimiz kerak.
Sherzod Zulfiqorov,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori,
yuridik fanlar doktori
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professori,
yuridik fanlar doktori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi