19:52 / 07.12.2022
1 390

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi

Konstitutsiya - baxtimiz qomusi
Qarshi shahar XTBga qarashli 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘quvchi yoshlarga "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatini maktab direktori Sh.Davronova kirish so‘zi bilan ochdi hamda maktabga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy davlat ijrosi xodimi N.Zaripov hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudi raisi Sh.To‘xtayevni tanishtirib o‘tdi. Sh.Davronova o‘z so‘zida Konstitutsiya davlatimizda qonun ustuvorligini ta’minlab turishi, uning ustuvorligi har birimizda ulkan mas’uliyatni, ya’ni – konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo etishini, u asosiy hujjat – Bosh qomusimiz hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xodimi N.Zaripov so‘zga chiqib, Konstitutsiya tarixi haqida gapirib o‘tdi. Xususan, Konstitutsiya iborasi 17 asrda paydo bo‘lgan bo‘lsada, uning mazmunini ifodalovchi voqelik davlat paydo bo‘lganidan buyon mavjud. Ilmiy publitsistik adabiyotlarda konstitutsiyaning paydo bo‘lishi AQSHning 1778 yilda qabul qilingan Konstitutsiyasi bilan bog‘liqligi ta’kidlanadi.

Ammo tarixiy haqiqat o‘rnida ta’kidlash joizki, dunyodagi mavjud konstitutsiyalar tarixi AQSHning Konstitutsiyasi bilan bog‘lash, tarixiy voqelikka mos kelmaydi. Birinchidan, Agar konstitutsiya jamiyatda o‘rnatilgan tartib, qoidalar majmuasini ifodalovchi tushuncha yekan, uni davlat tarixidan ajratib bo‘lmaydi.

Konstitutsiya davlat paydo bo‘lgandan boshlab paydo bo‘lgan. Masalan, Rim huquqi, Dao, Logs, Avesto, Xamurappi qonunlari, Siyosatnoma, Temur tuzuklari, Shayboniynoma, Boburnoma, Hidoya va xokazolar o‘z o‘rnida Konstitutsiya ya’ni asosiy qonun vazifasini bajargan. Demak, davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyatda yashash tartib va qoidasini belgilovchi bosh qonunlar mavjud bo‘lgan.

Buyuk Britaniyada 1653 yilda “boshqaruv quroli” deb atalmish konstitutsiya qabul qilingan. Ana shu ikkita tarixiy haqiqat ilmiy publitsistik adabiyotlarda tarixiy haqiqat sifatida umume’tirof etilgan fikrni inkor etadi. Demak, dunyo Konstitutsiyalari tarixi ikki yuz yilni emas, bir necha ming yillikni tashkil etadi.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarixini o‘rganishda uning yozilish tarixi bilan amal qilish tarixini farqlash lozim. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yozilish tarixi O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyundagi Birinchi Prezident Islom Karimov boshchiligidagi 64 nafar a’zodan iborat Konstitutsiyaviy komissiyaning tuzulishi bilan boshlangan.

1992 yil Konstitutsiyaviy komissiyaning tarkibi a’zolar soni 71 nafarga ko‘paydi. Konstitutsiyaviy komissiya ikki yildan ortiq Konstitutsiya loyihasini birinchi, ikkinchi va uchinchi variantlarini tayyorladi. 1992 yil sentyabr-noyabr oylarida Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yildi. Umumxalq muhokamasida fuqarolar tomonidan 5 mingdan ortiq taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kasbi tumanlararo sudi raisi Sh.To‘xtayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi dunyodagi eng demokratik, eng adolatparvar, eng xalqchil amaliyotga aylangan Konstitutsiya ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalq ijodiyotining mahsulidir. Shu sabab, har bir vatanparvar inson Konstitutsiya bilan fahrlanishi va g‘ururlanishi, uni hayotga joriy etish va rivojlanishi uchun kurashib yashashi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Konstitutsiya - baxtimiz qomusi