20:40 / 18.07.2023
90

Garov mulki xatlandi

Garov mulki xatlandi

Yurtimizda tadbirkorlik bilan shug‘illanish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, ayniqsa, mahalliy xom-ashyodan mahsulot ishlab chiqarish yoki qayta ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozlar berilgan.

Tadbirkorlikda hamma vaqt ham o‘ylangan reja ish bermasligi mumkin, buni tadbirkorlarimiz ham yaxshi tushinishadi. Lekin, olingan kreditlarni qaytarishga to‘g‘ri keladi.

Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda. Jumladan, G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining 13.02.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Shibirg‘on Texnik” MCHJdan undiruvchi ATB “Mikrokreditbank” Buxoro viloyat mintaqaviy filiali foydasiga 612.347,6 ming so‘m kredit qarzi va 24.000 so‘m pochta xarajati undirish, undiruvni garovga qo‘yilgan mulklarga qaratish haqidagi ijro hujjati hududiylik (indeks-2) qismi Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan garov mulki hisoblangan yuk otruvchi o‘ziyurar mashinaga nisbatan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilingan.
 Byuroning qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari davomida qidiruvdagi yuk otruvchi o‘ziyurar mashina Shofirkon tumani cho‘l hududida joylashgan shag‘al karerlarining birida ekanligi aniqlangan.

 Mazkur yuk ortuvchi mashina tegishli tartibda xatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan, qarzdorlik bartaraf qilinmagan taqdirda, mazkur mashina elektron savdo maydonchasi orqali kimoshdi savdolariga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan.

Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Garov mulki xatlandi
ePN