date

Angrenda harakatdagi Isuzu yuk avtomobili yonib ketdi

Angrenda harakatdagi Isuzu yuk avtomobili yonib ketdi
Foto: Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi

Bugun, 12 may kuni Toshkent viloyatining Angren shahri hududida yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tasdiqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat taxminan 05:00 atrofida A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining 91-kilometrida 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqarayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda yukxona qismida yong‘in chiqqan. Oqibatda transport vositasining bir qismi alanga olib, qisman shikastlangan.

Qayd etilishicha, yong‘in tezkor ravishda bartaraf etilgan va yo‘l harakati ishtirokchilarining salomatligiga zarar yetmagan.

Hozirda holat yuzasidan Angren shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar yong‘inning aniq sabablarini o‘rganishmoqda.

Favqulodda vaziyatlar xizmati bunday holatlarning oldini olish uchun transport texnik holatini muntazam tekshirib borish muhimligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda harakatdagi Isuzu yuk avtomobili yonib ketdi