Hindistonda sovchilik “teskari”: qizlar yigitlarga sovchi qo‘yadi

Hindistonning ayrim hududlarida nikoh an’analari ko‘pchilikka noodatiy tuyulishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda ayrim hollarda aynan qiz tomon tashabbus ko‘rsatib, yigit tomonga sovchi qo‘yadi.
Qiziq jihati shundaki, bo‘lajak kuyov tomonidan turli talablar qo‘yilishi ham mumkin. Ayrim holatlarda qimmatbaho sovg‘alar — mototsikl, avtomobil, hatto hashamatli mashinalar "Gelik"gacha so‘ralishi aytiladi. Ya’ni, bizga odatiy bo‘lgan tizimdan farqli ravishda, bu yerda moliyaviy yuk ko‘proq qiz tomon zimmasiga tushadi.
Shu sababli ko‘pchilik bunday holatni hazil aralash “teskari dunyo” deb atamoqda. Biroq mutaxassislar bu an’ana asrlar davomida shakllangan ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liq ekanini ta’kidlashadi.
Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda aksincha — odatda sovchilikka kuyov tomon boradi va asosiy xarajatlar ham ko‘pincha ular zimmasiga tushadi. Shu bois turli mamlakatlardagi urf-odatlar bir-biridan keskin farq qilishi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!