Aktyor Shahzod Sultonovning to‘y sanasi rasman ma’lum bo‘ldi!

Mahoratli aktyor Shahzod Sultonovning to‘y sanasi rasman ma’lum bo‘ldi. So‘nggi kunlarda aktyorning ijtimoiy tarmoqlarda joylayotgan videolari muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otayotgandi.
Avvalroq Shahzod Sultonov bir qiz bilan tanishgani, unga ko‘ngli borligi va niyati jiddiy ekanini yashirmay turli post hamda videolar ulashib kelayotgan edi. Muxlislar esa aktyorning shaxsiy hayotidagi ushbu o‘zgarishlarni iliq qarshi olgan.
Endilikda aktyor o‘zining yaqinlari va tanishlariga to‘y taklifnomalarini tarqatayotgani aks etgan videolarni sahifasiga joyladi. Taklifnomalarda to‘y sanasi sifatida 2026 yil 16 iyun kuni ko‘rsatilgani e’tiborni tortdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Shahzod Sultonovning muxlislari va hamkasblari unga baxt, uzoq umr va mustahkam oila tilab izohlar yozmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!