Samsung Galaxy S25 FE uchun barqaror One UI 8.5 yangilanishi Yevropada chiqdi

1 daqiqa o'qish231
Samsung Galaxy S25 FE uchun barqaror One UI 8.5 yangilanishi Yevropada chiqdi

Samsung kompaniyasi Galaxy S25 FE smartfonlari uchun One UI 8.5 qobigʻining barqaror versiyasini ommaviy foydalanuvchilar uchun taqdim etdi. Yangilanish dastlab beta-sinovlarda qatnashmagan foydalanuvchilar uchun Yevropa mintaqasida ishga tushirildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Insayder Tarun Vats maʼlumotlariga koʻra, yangi proshivka S731BXXU6BZDP va S731BOXM6BZDP raqamli yigʻilishlari bilan taqdim etilgan. Ushbu yangilanish Galaxy S25 turkumidagi qurilmalar uchun bosqichma-bosqich kengaytirilmoqda.

Avvalroq mazkur yangilanish Galaxy S25, Galaxy Z Fold7 va Galaxy Z Flip7 kabi flagman qurilmalari uchun ham chiqarilgan edi. Galaxy S25 FE modeli ushbu yangilanishni qabul qilgan soʻnggi qurilmalardan biri boʻldi.

Yevropadan tashqari, yangilanish Xitoy va Hindiston bozorlarida ham foydalanishga topshirildi. Yangi versiya tizim unumdorligini oshirish, sunʼiy intellekt funksiyalarini takomillashtirish hamda tizimni optimallashtirishga qaratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?