“O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 6–8 avgust kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida havo harorati 45 darajagacha isiydi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov fikricha, bu galgi jazirama butun yoz davomida kuzatilgan issiqlik to‘lqinlaridan kuchliroq bo‘lishi mumkin.
Kelasi ikki kun davomida Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari, Qoraqalpog‘iston hamda cho‘l hududlarida kunduzgi havo harorati 43 darajagacha issiq bo‘ladi. Keyinroq, 8 avgust kuni esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat maksimumi 45 darajagacha, vodiyda esa 42 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
Iqlimshunos Erkin Abduluhatovning yozishicha, navbatdagi issiqlik to‘lqini avvalgilaridan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.
“Respublika hududlariga navbatdagi issiqlik to‘lqini yaqinlashmoqda. Bejiz bugun (5 avgust) Nukusda tonggi haroratlar ko‘tarilib ketmagan. Chunki respublikaga aynan g‘arbdan sharqqa tomon yana bir jazirama to‘lqin yaqinlashib kelmoqda. Joriy issiqlik to‘lqini, yuqori ehtimol, hududlarda butun yoz bo‘yi kuzatilgan issiqlik to‘lqinlaridan kuchliroq bo‘lishi mumkin. Chunki avgust uchun tungi namlikning mavsumiy bir oz ortish omili insonlarda haroratning yuqoriroq his qilinishiga olib keladi”, deya qayd etgan tadqiqotchi.
O‘zbekistonda so‘nggi marta 25–29 iyul kunlari juda issiq harorat kuzatildi. Besh kun davomida respublika hududining katta qismida harorat kunduzlari 40–43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda esa 44–45 darajagacha ko‘tarildi. Aksar hududlarda kechalari ham 30 darajagacha issiq havo hukmron bo‘ldi.
Bir necha kun davomida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida eng yuqori haroratlar qayd etildi. Masalan, 27 iyul kuni shaharda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq harorat rekordi qayta yangilandi. Ya’ni hududdagi havo harorati maksimumi 45 darajaga yetdi.
Agar sutkalik harorat kamida 43 va undan yuqori darajada ketma-ket besh kun kuzatilsa, bu anomal issiq hisoblanadi. Bunday jazirama inson sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli meteorologik hodisa sifatida tasniflanadi.
Erkin Abdulahatov fikricha, joriy yuqori issiqlik to‘liqini respublikaning katta qismida issiqlik anomaliyasini keltirib chiqarmagan.
Ob-havoning keskin isib ketishi birinchi navbatda bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Jazirama yuzaga kelgsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga jazirama issiqdan saqlanish qoidalarini eslatgan.
Vazirlik soat 10:00 dan 17:00 gacha salqin joylarda bo‘lishni, paxta matoli liboslar kiyishni, kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichishni tavsiya qilgan. Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlashi ta’kidlangan.
Ma’lum uchun, 1983 yil Buxoro viloyatida O‘zbekiston tarixidagi rekord darajadagi issiq harorat kuzatilgan. O‘shanda respublikada havo 49,9 daraja issiq bo’lgan. 1914 yilda esa Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 49,6 daraja issiq harorat qayd etilgan. Toshkent shahrida esa 1997 yil 18 iyulda termometr ustunchasi 44,6 daraja issiqni ko’rsatgan. Bu o‘sha davr uchun so‘ngi 160 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori, rekord darajadagi issiq harorat hisoblangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi