
Xavi "Barselona" bosh murabbiyi lavozimidagi faoliyati davomida yoʻl qoʻygan asosiy xatosi haqida soʻzlab berdi. Eslatib oʻtamiz, kataloniyaliklarning sobiq yarim himoyachisi 2021 yildan 2024 yilgacha jamoani boshqargan va bu davrda La Liga chempionligi hamda Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritgan edi.
"Murabbiylik faoliyatimni boshlaganimda jamoa oʻsha paytdagi past kutilmalardan chiqishga urinayotgan edi. Men oʻyinchilarga yuqori talablar qoʻyishni boshladim.
Ammo asosiy xatoyim bu standartlarni faqat bir yil davomida ushlab turish boʻldi", - deydi Xavi FC Barcelona News nashriga bergan intervyusida. Murabbiyning soʻzlariga koʻra, jamoa sovrinlarni qoʻlga kiritgach, futbolchilar oʻzlariga boʻlgan talablarni pasaytirishgan va bu natijaga zudlik bilan taʼsir koʻrsatgan.
Natijada, Xavi oʻzining soʻnggi mavsumida jamoa hech qanday sovrinni qoʻlga kirita olmagach, "Barselona"ni tark etishga majbur boʻlgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.