date

Flik Messi qaytishiga qarshi chiqdi


Barselonaning bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Lionel Messining klubga qaytishiga qarshi chiqmoqda. Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, OAVda argentinalik futbolchining MLS mavsumi oraligʻida qisqa muddatli ijara asosida Kataloniya klubiga kelishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.

El Nacional nashrining maʼlumotiga koʻra, Flik bunday bitimga qatʼiyan qarshilik bildirgan. Germaniyalik murabbiy 38 yoshli afsonaviy futbolchini qayta qoʻshib olish klubga hech qanday foyda keltirmasligini taʼkidlagan.

Lionel Messi 2021 yilda Barselonani tark etib, erkin agent sifatida PSJ safiga qo‘shilgan edi. 2023 yildan boshlab Messi AQShda to‘p surmoqda.

Yaqinda sakkiz karra "Oltin toʻp" sohibi "Kamp Nou" stadionini ziyorat qilgani uning qaytishi haqidagi mish-mishlarni yana kuchaytirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Messi qaytishiga qarshi chiqdi