Real Madrid stadioni nomi va logotipi o‘zgardi

Real Madrid stadioni nomi va logotipi o‘zgardi
Qisqacha

Madridning "Real" futbol klubi "Santyago Bernabeu" stadioni nomini "Bernabeu" deb o‘zgartirib, yangi logotipini taqdim etdi. Logotipda to‘rt parallel lentadan iborat stadion tasviri va ularni kesib o‘tuvchi vertikal chiziq aks etgan. Nom o‘zgarishi korporativ va marketing maqsadlari bilan bog‘liq. "Real" La Liganing 12-turidan so‘ng 31 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, Chempionlar Ligasida esa to‘rtta o‘yindan keyin to‘qqiz ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Madridning "Real" futbol klubi o‘z uy stadioni "Santyago Bernabeu"ning yangi nomi va logotipini taqdim etdi. Endilikda stadionning nomi oddiygina "Bernabeu" deb ataladi.

Yangi logotipda to‘rt parallel lentadan iborat stadion tasviri, ularni kesib o‘tuvchi vertikal chiziq aks ettirilgan. Stadion nomining o‘zgartirilishi korporativ va marketing maqsadlariga bog‘liq.

"Real" joriy mavsumda La Liganing 12-turidan so‘ng 31 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va "Barselona"ni uch ochkoga ortda qoldirgan. Chempionlar Ligasi doirasida esa madridliklar to‘rtta o‘yindan so‘ng to‘qqiz ochko to‘plab, jadvalning to‘qqizinchi pog‘onasida bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar