11:18 / 07.10.2024
24

O‘zbekistonda 1,8 mingta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda 1,8 mingta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi
“O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
  • xalqaro standartlar asosida Mashg‘ulotlar, kasb va lavozimlar milliy klassifikatorini ishlab chiqish va rivojlantirish;
  • malaka ramkalari, kasbiy standartlar va malaka talablarini ish beruvchi talablari asosida ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish;
  • yangi avlod kasbiy standartlar asosida mehnat munosabatlarini tartibga solish;
  • milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institusional va uslubiy asoslarini takomillashtirish;
  • norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish (Recognition of Prior Learning) tizimini joriy qilish;
  • ko‘nikmalarni prognozlashtirish (skills anticipation), ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish (skills needs analysis), ko‘nikmalar bilan bog‘liq kamchiliklarni o‘rganish (skills gap analysis) vositalari va metodologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi. 2025 yil 1 fevralgacha institutda Milliy malaka tizimini rivojlantirish bo‘yicha malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 noyabrgacha Milliy malaka tizimining yagona raqamli platformasi ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.

2026 yil 1 dekabrga qadar ilg‘or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta’minlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 sentyabr kuni kasbiy ta’limni rivojlantirish va milliy malaka tizimini isloh qilishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Taqdimotda Milliy malaka tizimini isloh qilish masalalari ham ko‘rib chiqilgandi.

Taqdimotda mingdan ziyod ishchi kasblarning standartlari ishlab chiqilmagan, ayrim kasblar bo‘yicha kvalifikatsiyalar xalqaro talablarga mos kelmasligi qayd etilgandi. Shu bois endi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 1,8 mingta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi