Mast holda avtohalokat sodir etgan haydovchi 16 mln to‘ladi

1 daqiqa o'qish195
Mast holda avtohalokat sodir etgan haydovchi 16 mln to‘ladi

Kitob tumanida yashovchi haydovchi mast holda rulga o‘tirib, “Damas” rusumli avtomobilni urib, yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘ldi, deb xabar berdi Kun.uz.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, U.E. boshqaruvidagi “Labo” avtomashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan “Damas”ga borib urilgan. Natijada jabrlanuvchiga 3,4 million so‘mlik moddiy zarar yetgan.

Sud U.E.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topdi va unga uch yil haydovchilik huquqidan mahrum etish hamda 16 million 480 ming so‘m jarima jazosini tayinladi.

Majburiy ijro byurosi ma’lum qilishicha, haydovchi tayinlangan jarimani to‘liq to‘lab bo‘ldi.

Muttaxassislar ta’kidlamoqda: rulga o‘tirgan odam nafaqat o‘z, balki boshqalarning ham hayoti uchun javobgar. Bir lahzali kayfiyat va mas’uliyatsiz qaror butun taqdirni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?