Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar xalqimiz va siyosiy partiyalarning yuksak siyosiy faolligini ko‘rsatdi.
Siyosiy partiyalar va ular nomzodlarining yangi siyosiy texnologiyalarni samarali qo‘llash tajribasi hamda nomzodlar o‘rtasida siyosiy raqobat, bahs-munozaralar demokratik muhitni ko‘rsatdi.
Dastlabki natijalar parlament quyi palatasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 64 ta, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 29 ta, “Adolat” partiyasi 21 ta, Xalq demokratik partiyasi 20 ta, Ekologik partiya 16 o‘ringa ega bo‘lganini ko‘rsatdi. Saylov natijalari partiyalar va ular nomzodlarining faoliyati va qarashlari, takliflari va tashabbuslari bilan bevosita mos bo‘lganini ko‘rsatadi. Bular quyidagilarda bilinadi:
Birinchidan, O‘zLiDeP ilk marotaba boshqa partiyalardan ustunligi, ya’ni ularning o‘rni Qonunchilik palatasida 11 ta oshganligi bilan alohida taxsinga sazovor. Partiya xalq dardini eshitganini, odamlarning turmush sharoitini yaxshilash, farovonligini oshirishga jiddiy kirishib, amaliy natijalarga erishganini ko‘rsata oldi.
Shuningdek, O‘zLiDeP saylovoldi tashviqotida yangi saylov texnologiyalaridan samarali foydalana oldi, yangicha formatda o‘tkazilgan debatlarda ham boshqa partiyalarga nisbatan faolroq bo‘ldi.
Partiya yutug‘ining yana bir jihati – ijtimoiy tarmoqlar va OAVdan o‘z g‘oyalarini keng jamoatchilikka yetkazishda samarali foydalana olganligi muhim ijobiy omil bo‘ldi. Shuningdek, partiya ko‘rsatgan nomzodlarning saylovchilar orasida o‘ziga xos obro‘ va e’tiborga egaligi, xalqning dardini eshitadigan va yukini ko‘tara olishi, zamonaviy bilim va tajribaga egaligi ham muhim ahamiyatga bo‘ldi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, partiya ilgari surgan takliflar, ayniqsa, aholining uy-joy muammosini hal etish va yangi ish joylari bilan ta’minlash, kambag‘allikdan chiqarish hamda yoshlar, xotin-qizlar masalalarini yechish bo‘yicha ilgari surgan taklif va tashabbuslari odamlar qalbidan joy olganligi va ularning partiya uchun ovoz bergani sabab bo‘ldi.
Ikkinchidan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bu gal ham 2-o‘rinni egalladi. Lekin, partiya ilk marta parlamentda 7 ta o‘rinni yo‘qotdi. Partiyaning o‘z pozisiyasini tushuntirib berishda bir tomonlamalik shubhasiz uning kam tarafdorlarga ega bo‘lishiga olib keldi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini zamonaviy ilg‘or saylov texnologiyalaridan, ijtimoiy tarmoqlardan, ommaviy axborot vositalaridan yetarli darajada foydalana olmasligi natijasida saylovchilarning bir qismi bu partiyaga ovoz bermasligiga olib keldi.
Uchinchidan, “Adolat” partiyasi dasturidagi qonunchilikni ta’minlash bo‘yicha takliflar saylovchilarning bir qismini qiziqtirdi.
Lekin, partiya odamlarning ijtimoiy muammolarini, ayniqsa yoshlar muammolarini yechishda faqat qonunchilikni takomillashtirishni yetarli emasligi, boshqacha aytadigan bo‘lsak mavjud muammolarni yechish va istiqbolni belgilashda bir tomonlama qarash saylovchilarning kam ovoz berishiga sabab bo‘ldi.
To‘rtinchidan, shubhasiz Xalq demokratik partiyasining g‘oyalari saylovchilarning bir qismini, ayniqsa, nogironligi bor shaxslar va pensionerlarni qiziqtirdi. Biroq, ushbu g‘oyalarning ba’zilari tadbirkorlar manfaatlariga mos kelmasligi kam ovozga ega bo‘lishiga olib keldi.
Beshinchidan, Ekologik partiya oldingi yillardan ko‘ra ancha faolllikni namoyish qildi. Lekin partiyaning qarashlari, takliflari debatlardagi ishtiroki birmuncha faolroq bo‘lsada, saylovchilarning haqiqiy real muammolaridan ba’zan uzoqligi, ularni bajarishning imkoniyatlari uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligi, ayrim holda katta xarajatlarni talab etishi va buni saylovchilarga tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmaganligi ularning kam miqdorda ovoz berishlariga olib keldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi