Gemini yangi sun’iy intellekt modeli bilan App Store’da yetakchi bo‘ldi

Gemini ilovasi App Store’da yuklab olishlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. Bunga Google taqdim etgan Nano Banana sun’iy intellekt modeli sabab bo‘ldi. Model ilovada rasmlarni tezroq va aniqroq generatsiya qiladi hamda mobil qurilmalarda samarali ishlaydi. Gemini’ning videoga yaqin statik tasvirlar yaratish imkoniyati foydalanuvchilar e’tiborini tortmoqda.
Gemini ilovasi App Store’da yuklab olishlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi, deb TechCrunch xabar berdi. Bu natijaga Google tomonidan taqdim etilgan yangi sun’iy intellekt modeli — Nano Banana sabab bo‘ldi.
“Nano Banana” ilova ichidagi rasm generatsiyasini yanada tezroq va aniqroq amalga oshiradi. Ushbu yengil AI modeli mobil qurilmalarda ham samarali ishlashi bilan ajralib turadi.
Gemini ilovasining videoga yaqin statik tasvirlar hosil qilish imkoniyati foydalanuvchilar e’tiborini tortmoqda. Google yaqin kunlarda ilovaga yana yangi funksiyalar qo‘shishni rejalashtirmoqda.































Izohlar 0
…