date

YouTube kontent yaratuvchilar uchun yangi funksiyalarni joriy etdi

YouTube kontent yaratuvchilar uchun yangi funksiyalarni joriy etdi

YouTube platformasi YouTube Studio orqali kontent yaratuvchilar uchun bir qator muhim yangiliklarni joriy qilmoqda, deb TechCrunch xabar berdi.

Yangiliklar orasida eng e’tiborlisi — o‘xshashlikni aniqlash funksiyasidir. Bu texnologiya boshqa videolarda ijodkorning yuzi yoki ovozi ruxsatsiz ishlatilganini avtomatik aniqlaydi.

Shuningdek, lab harakatiga mos dublyaj funksiyasi ham joriy etilmoqda — bu yordamida videolar boshqa tillarga tarjima qilinganda og‘iz harakati bilan sinxronlashtiriladi. Yana bir yangilik — Creator Collab vositasi bo‘lib, u orqali bir nechta ijodkorlar bitta Shorts video yaratishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » YouTube kontent yaratuvchilar uchun yangi funksiyalarni joriy etdi