UEFA Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Yuventus” va “Borussiya Dortmund” jamoalari 4:4 hisobida durang o‘ynadi.
“Yuventus” jamoasi so‘nggi daqiqalarda ikki gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Gollar mualliflari: Kenan Yildiz (63’), Dushan Vlahovich (67’, 90+4’) va Lloy Kelpi (90+6’). “Borussiya” safida esa Karim Adeyemi (52’), Feliks Nmecha (65’), Ian Koutu (74’) va Rami Bensebaini (86’ penalti) gol muallifiga aylandi.
Statistikaga ko‘ra, “Yuventus” 19 marta zarba bergan, 7 tasi darvozaga yo‘llangan. To‘p nazorati 52%, pas aniqligi esa 88%. “Borussiya” esa 10 ta zarba bergan, 5 tasi aniq bo‘lgan, pas aniqligi 81%.
Bu natija bilan har ikki klub ham 1 ochkodan jamg‘ardi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar