“Real Madrid” o‘z maydonida “Marsel” ustidan g‘alaba qozondi

“Real Madrid” o‘z maydonida “Marsel” ustidan g‘alaba qozondi
UEFA Chempionlar ligasi 1-turida “Real Madrid” o‘z maydonida “Marsel” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hisobni mehmonlar – Timoti Vea (22') ochdi. Ammo Kiliyan Mbappe ikki marta penalti orqali (28', 81') gol urib, jamoasiga uch ochko taqdim etdi. Uchrashuvning so‘nggi qismida Dani Karvaxal qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
Statistikaga ko‘ra, “Marsel” to‘pni ko‘proq nazorat qilgan (57%), ammo “Real” 28 ta zarba bergan, 15 tasi darvozaga tekkan. G‘alaba evaziga “Real” guruhda 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar