20:28 / 16.11.2024
8

Energetika vaziri: «Ham mas’uliyat, ham javobgarlik belgilandi»

Energetika vaziri: «Ham mas’uliyat, ham javobgarlik belgilandi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya bilan uzluksiz ta’minlash, soha korxonalarida samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning ma’lum qilishicha, davlat rahbari mutasaddilarga cheklovlarsiz va uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash bo‘yicha topshiriq bergan.

«Taqqoslaydigan bo‘lsak, bu yilgi noyabr oyi o‘tgan noyabrga nisbatan salqinroq bo‘lib, qor yog‘di. Harorat -3 darajagacha, ayrim hududlarda -8 darajagacha pasaydi. Natijada tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli keskin oshdi. Ushbu rejimlarini ta’minlash uchun zarur zaxira resurslari ishga solindi. Gaz omborlarida yetarli hajmda gaz to‘planishi hisobiga gaz bilan ta’minlandi. Aholi uchun ham, iqtisodiyot tarmoqlari uchun ham uzluksiz yetkazib berish ta’minlandi, Bundan ham sovuq, -10, -20 darajagacha harorat pasayganda ham qanday ishlash bo‘yicha topshiriqlar bo‘ldi. Bu masalalar bo‘yicha ham mas’uliyat, ham javobgarlik belgilandi» — dedi u «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Energetika vaziri: «Ham mas’uliyat, ham javobgarlik belgilandi»